TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI PULLAR MUOMALASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Kalit so’zlar: Markaziy bank, raqamli aktiv, kriptovalyuta, virtual valyuta, blokcheyn, mayning, tarqatilgan ro’yhatga olish kitobi, iqtisodiy, huquqiy, qiymat, axborot resursi.Abstract
Annotatsiya: Bugun raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga jadal kirib bormoqda. Elektron tijoratning rivojlanishi, turli to‘lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi, chakana to‘lovlar bo‘yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion va jozibador to‘lov vositalarining joriy qilinishini taqozo etdi.O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi. Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazildi.Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi. Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Андрюшин, С.А. Биткойн, блокчейн, файл-деньги и особенности эволюции денежного механизма / С.А. Андрюшин, В.К. Бурлачков // Финансы и кредит. –2017. – Т. 23. – № 31. – С. 1850-1861. [5, 19, 24, 25, 27].
Андрюшин, С.А. Смена парадигмы денежной системы: от централизации к децентрализации / С.А. Андрюшин // Актуальные проблемы экономики и права. – 2018. – Т. 12. – № 2. – С. 204-220. [6].
Анохин, Н.В. Криптовалюта как инструмент финансового рынка / Н.В. Анохин, А.И. Шмырева // Идеи и идеалы. – 2018. – Т. 2. – № 3 (37). – С. 39-49. [7].
FOYDALANILGAN SAYTLAR:
file:///C:/Users/uzb10info/Downloads/tijorat-banklarida-raqamli-aktivlar-muomalasini-tashkil-qilishning-o-ziga-xos-xususiyatlari.pdf