OROL VA TURIZM: YO‘QOTILGAN IMKONIYATLARI

Authors

  • Boliqulova Ma’mura Azizjon qizi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili fakulteti 1-bosqich talabasi

Abstract

Orol dengizining qurishi XX asrning eng katta ekologik fojialaridan biri sifatida tarixga kirdi. Ushbu fojia nafaqat ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi, balki barcha tirik jon: o’simliklar va hayvonot olamiga, shuningdek, aholining turmush tarziga ham sezilarli ta’sir ko’rsatmay qolmaydi. Bizga ma’lumki, dunyodagi barcha tabiiy resurslar biz uchun qimmatli va o’zining xususiyatlari bilan muhim ahamiyatga ega. Lekin shunday hodisalar ham bo’ladiki, ba’zi bir odamlarning ekologiyaga ta’siri, ularni ifloslantirishi va har xil chiqindilar orqali havoni zararlashi ham real hayotda yo’q emas, albatta. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, ushbu dengizning imkoniyatlari, barqarorligi va tabiiyligi bor edi, shu orqali insonlar o’z kasbini hamda tirikchiligini yaratgan.

Downloads

Published

2025-02-22