HOZIRGI ZAMONDA YOSHLAR VA TEXNOLOGIYA: IJTIMOIY TARMOQLARNING YOSHLARGA TA’SIRI
Abstract
Hozirgi jadal rivojlanib borayotgan zamonda biz kundalik hayotimizni texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Insoniyatning ishini yengillatayotgan bu texnologiyalarga shunchalar tez moslashib ketganimizdan hech bir ishimiz ularsiz hal bo‘lmaydigandek go‘yo. Hozir katta-yu kichikning qo’lida mobil aloqa vositalari bor. Chindan ham deyarli barchaning muammolari shu “aqlli kitobcha’’ orqali hal bo’lmoqda. Biz unga yordam so’rab murojaat qilamiz va muammolarimizga qisman, ba’zan esa to’liq yechimga ega bo’lamiz. Har narsaning foydasi bo’lganidek, zarari ham yo’q emas. Bizdan o’rnak olayotgan yoshlar bizga havas bilan yoki taqlid qilish uchun hayot tarzimizdan tezlik bilan o’rnak olishmoqda. Hali voyaga yetmagan, maktabga ham borib ulgurmagan bolalarning qo’lida smartfonlar va boshqa bundanda zamonaviyroq qurilmalardan foydalanishmoqda.