XOTIN-QIZLARIMIZNING JAMIYATIMIZDA TUTGAN O’RINLARI VA ULARNI QO’LLAB QUVVATLASH
Abstract
Ayol kim?Ayol-eng avvalo ona,jamiyatga ma’nan yetuk shaxslarni o’stirib,ulg’aytiruvchi mo’tabar inson.Barcha ayollar shu sababdan bo’lsa kerak har doim ehtiromda hamda e’zozda.Ayollar doimo jamiyatning ajralmas,yetakchi bo’g’inlaridan biri bo’lib kelishgan.Lekin ba’zida ularning jamiyatda o’z o’rinlarini topa olishmayotganliklarini ham guvohi bo’lishimiz mumkin.Bunga ba’zida ularning oilalari va ba’zida ijtimoiy hayotning o’zi sababchi bo’lib qolmoqda.”Xabaringiz bor,biz o’z faoliyatimizning ilk kunlaridan boshlab munis va mo’tabar ayollarimizning og’irini yenglish qilish,huquq va manfaatlarini ta’minlash,iqtisodiy,ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish masalasini davlat siyosatining muhim yo’nalishi sifatida belgiladik.Barcha islohotlarimiz mazmuni,”inson qadri uchun”tamoyilining mohiyati ham aynan shunga qaratilgan.Agar biz xalqimiz bizdan rozi bo’lishini xohlasak,avvalo,mo’tabar onalarimiz,opa-singillarimiz,qizlarimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratib berishimiz kerak.Biz mana shunday hayotiy haqiqatdan kelib chiqqan holda, bu masalada bir qator muhim qonunlar,farmon va qarorlar qabul qildik”[1],degan fikrlarni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonvich o’z ma’ruzasida ta’kidlab o’tgan.Prezidentimiz ham bejizga ayollarni jamiyatdagi,davlatdagi o’rnini kengaytirish haqida jon kuydirib aytayotgani yo’q.Bugungi kunda,agar biz e’tibor qaratadigan bo’lsak,ko’plab qizlarga yoshligidanoq tarbiyalash jarayonida ularga faqatgini “kelin bo’ladigan qiz” ko’zi bilan qarashadi va ularni kelinlikga tayyorlashadi.Oilada qiz farzandlarga doimo ularni bo’lajak kelinlik hayotiga tayyorlab ,bunday tarbiya berish albatta noto’g’ri emas.Bu jarayon huddi bizga an’anadek bo’lb qolgan.Bir necha asrlar ilgari ham bizning momolarimiz o’z qiz farzandlarini shunday tarbiyalashgan.Biroq bu yerda biz ba’zi bir narsalarni unutib qo’ymayapmizmikan?Biz ularni bu taqlid ulg’aytirmasdan balki Prezidentimiz ta’kidlaganidek,o’qimishli hamda dunyo qarashi keng qilib tarbiyalashimiz darkor.Qizlarimizga yoshliklaridan ta’lim olish nechog’lik ayol kishi uchun muhimligini singdirgan holda,o’zimiz ham ularga bu yo’lda ko’maklashishimiz,qo’llab-quvvatlashimiz lozim.Mamlakatimiz xotin-qizlarini ta’lim olish sifatlarini hamda ta’lim oluvchilarning sonlarini ko’paytirmoqchi ekanmiz eng avvalo biz bu ishni ularnng oilalaridan boshlaganimiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.Demak, biz ayollarni rivojlantirishimiz uchun ularning oilalariga bu haqida to’g’ri tushunchalarni berishimiz lozim.Yaqinda internet tarmoqlarida bir postga ko’zim tushub qoldi.Unda shunday deb yozilgan edi,”O’qib olim bo’larmiding demang,balki olim va olimalarninng onasi bo’larman”.Ochig’ini aytganda,bu oddiy bir jumla ayol kishining nima uchun ta’lim olishi kerakligi savoliga tushunarli javob bo’la olgan.Mustaqil mamlakat o’laroq bir davlatning kelajagining qanday bo’lishini ko’p jihatdan o’sha mamlakat onalarining qay darajada ta’lim olganligi belgilab beradi desak adashmagan bo’lamiz.Xotin-qizlarimiz bu yo’lda eng birinchi oilalariga so’ngra davlatga suyanadilar.
[1] O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonvich tomonidan qilingan ma’ruzadan.