INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Abstract
Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol metodlarini qo’llashga bog’liq. Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter – o’zaro”, “akt – ish ko’rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi. Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda yechishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.