ALEKSANDR FAYNBERGNING VARAQ SHE'RINI ARAB TILIGA TARJIMASI

Authors

  • Meliqo’ziyeva Fotimaxon O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti TARB 2143-guruh talabasi

Abstract

Yulduzlarni asraydi falak,

Teran dengiz asrar durlarni.

Daftarimdan yirtilgan varaq,

Asragin men yozgan she’rlarni.

She’r – nafaqat o‘qimoq, uqmoq,

She’r – yurakda yangragan tovush:

Qutqargandek Taygada so‘qmoq,

Tebrangandek ko‘llarda qamish.

Har satrim – jon, har she’rim – yurak,

O‘rmon, qushlar, bulutlarga xesh.

Daftarimdan yirtilgan varaq,

She’rlarimni asra peshma-pesh.

Avlodlarga kelmasin malol,

She’rlarim g‘am chekmasin nochor,

Shamol, dengiz va yaproq misol

Nafas olsin, kulsin beg‘ubor.

Downloads

Published

2024-03-17