TIJORAT BANKLARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Abstract
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini modernizatsiya qilish va diversifikatsiya qilish sharoitida tijorat banklarining innovatsion faoliyatini boshqarishni takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston-2030"gi strategiyasi to’g’risidagi farmonida belgilangan 50-maqsadga ko’ra, bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish vazifalari belgilab berilgan. Shu bilan birga, hozirgi kunda O'zbekiston bank tizimida innovatsion faoliyatni boshqarishning zamonaviy usul va vositalarini joriy etish, banklararo raqobatni kuchaytirish, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish borasida bir qator muammolar saqlanib qolmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun tijorat banklarining innovatsion faoliyatini boshqarishni takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribani o'rganish va milliy bank tizimiga moslashtirish talab etiladi.
References
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Jumaev, M. (2022). O'zbekiston bank tizimida innovatsion jarayonlarning rivojlanish tendensiyalari. Iqtisodiyot va ta'lim jurnali, 3(25), 45-53.
Shodmonov, I. (2020). AQShda bank innovatsiyalarini moliyalashtirish tajribasi. Xalqaro moliya va bank ishi jurnali, 4(16), 30-37.
Toshmatov, S. (2024). Raqamli bankingni rivojlantirish tendensiyalari va istiqbollari. Bank ishi va moliya jurnali, 1(18), 65-73.
Aliyeva, D. (2023). Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikning ahamiyati. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali, 3(15), 82-
Ashurov, M. (2021). Bank innovatsiyalarini rivojlantirishda innovatsion infratuzilmaning roli. Bank ishi va moliya jurnali, 4(10), 120-128.
Nasimov, A. (2023). Xitoyda raqamli bankingni rivojlantirish tendensiyalari. Bank ishi va moliya jurnali, 3(20), 90-98.
Qobilov, B. (2020). Banklarning innovatsion salohiyatini oshirishda insoniy resurslarni boshqarish. Iqtisodiyot va ta'lim jurnali, 4(22), 75-83.
Rahimov, I. (2022). Kraudfanding platformalaridan foydalanishning bank innovatsiyalarini moliyalashtirishdagi roli. Iqtisodiyot va moliya masalalari jurnali, 2(10), 110-118.
Rahmatov, J. (2021). Bank faoliyatida bulutli texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari. Bank ishi va moliya jurnali, 2(12), 95-103.
Saidov, N. (2022). Yaponiyada mobil to'lov tizimlarining rivojlanish xususiyatlari. Xalqaro moliya va bank ishi jurnali, 2(20), 50-58.
Tursunov, S. (2024). O'zbekistonda bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali, 2(18), 130-138.
Valiyev, A. (2023). O'zbekistonda raqamli bankingni rivojlantirish: yutuqlar va istiqbollar. Bank ishi va moliya jurnali, 1(22), 115-123.