MAKTAB TAʼLIMIDA INKLYUZIV TAʼLIM VA BU JARAYONDAGI ISLOHOTLAR, MUAMMOLAR
Keywords:
Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, yoshlar, taʼlim - tarbiya, taʼlim tizimi, oʻquvchi, oʻqituvchi, davlat islohotlarAbstract
Annotasiya: "Millatni buyuk, mamlakatni qudratli qiladigan kuch bu- ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir,"- deb bejiz aytmagan respublikamiz prezidenti Shavkat Mirziyoyev, chunki mamlakatning shonli kelajagi shu uch narsa tufayli barpo etiladi. Statistika maʼlumotlariga toʻxtaladigan boʻlsak, Oʻzbekiston aholisining 50% ini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi. Ularni sifatli taʼlim bilan taʼminlash, kerakli barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berish uchun mamlakatimizda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat yillik daromadining 50% miqdori yoshlar uchun sarflanmoqda. Bu ishlar roʻyxatining birinchi oʻrinlarida, albatta, taʼlim tizimi, uni isloh qilish va yangiliklarni taʼlim muassasalariga joriy etish turibdi. Soʻnggi yillarda maktablarga joriy etilgan inklyuziv taʼlim barchamiz uchun yangilik desak mubolagʻa boʻlmaydi. Inklyuziv taʼlim bu - sogʻlom bola bilan imkoniyati cheklangan bolaning birgalikda tahsil olishidir. Xoʻsh, taʼlim muassasalari inklyuziv taʼlimga nechogʻlik tayyor? Inklyuziv taʼlimda samarali natijalarga erishish uchun nimalar qilish kerak, nimalardan esa voz kechish kerak? Maqolamizda shu savollarga yechim izlab koʻramiz.
References
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
O‘zbekiston Respublikasi ‘‘Ta‘lim to‘g‘risidagi qonuni ‘‘ 2020
‘‘Inklyuziv ta‘lim: nazariya va metodika‘‘ F.U.Qodirova , D.A.Pulatova
‘‘Inklyuziv ta‘lim. Gospital kedagogika ‘‘ o‘quv -uslubiy majmua . Shahrisabz 2024.
president.uz internet sayti
yuz.uz internet sayti
kun.uz internet saytlari